Bilishimiz kerak bo`lgan 5 turk urf-odatlari

4 минуты STEPPE
Bilishimiz kerak bo`lgan 5 turk urf-odatlari

RUS|KAZ

Qozog'iston mehmondo'st va ko'p millatli mamlakat hisoblanadi, ammo biz bilan yonma-yon yashaydigan xalqlarning madaniyati haqida ko'p narsa bilmaymiz.

Pandemiya ularning an'anaviy qadriyatlarini butunlay o'zgartirib yubormasidan, Yevropa Ittifoqi ko`magida hamyurtlarimiz — kazaklar, o'zbeklar, koreyslar, uyg'urlar va turklar urf-odatlari haqida so'zlab berishga qaror qildik.


Turk xalqi Qozog'istonda 75 yildan beri yashaydi. 2018 yilgi ma'lumotlarga ko'ra, ularning soni taxminan 200 ming kishini tashkil etadi. Turklar Markaziy Osiyo xalqlarini hurmat qilishadi va bu hududni ota-bobolarining vatani deb bilishadi.

Sovet Ittifoqi gullab-yashnagan davrlarda turklarga hukumat tomonidan bosim o'tkazilgan, ziyolilar esa qatag'on qilingan. 1956 yilda ularga tarixiy vatanga qaytish imkoni berildi, ammo ularning aksariyati Qozog'istonda qolishga qaror qildi.

Mamlakatning etnik xilma-xilligi tufayli ular o'zlarining madaniy xususiyatlari va an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldilar. Bunda etnomarkazlar hali ham muhim rol o'ynaydi. Turk etnomadaniyat markazining asosiy yo'nalishlari — ta'lim, sport, madaniyat, folklor va xayriya.

Karantin davrida markaz vakillari nafaqat onlayn formatga moslashib, turk tilini o'rganish kurslarini tashkil qilishdi, balki ham xususiy, ham Qozog'iston Xalqlari Assambleyasi bilan hamkorlikda yaratilgan turli xil xayriya tashkilotlarida ko'ngilli bo'lishga ham ulgurishdi.

  1. Choy

    Choy marosimlari turklar uchun juda muhimdir. Suhbatlar, bitimlar tuzish yoki oilaviy masalalarni muhokama qilish bir piyola, hatto undan ko'p choysiz o`tmaydi.

    Qozoqlarda singari, turklarda ham choy — odamlarga til topishishga imkon beradigan mehmondo'stlikning ramzi hisoblanadi. Har bir turk kuniga kamida uch marta choy ichadi va hech qanday suhbat usiz o'tmaydi, deb hisoblaydi.

    Turk choyi lola yoki nokga o'xshash mayda maxsus idishchalarda ichiladi. Maxsus yoʻllar bilan quritilgan mavrak gʻunchasi choyning asosi sifatida olinadi — u choyni nafaqat lazzatli qiladi, balki uning dorivor xususiyatlarini faollashtiradi.

  2. Kilim

    An'anaviy turk gilamlari o`zgacha ma'noga ega bo'lishi kerak. Ularda tasvirlangan ramzlar qadimgi mifologiyaga asoslangan — bu shuningdek, mahsulotlar bo'yalgan motivlarga ham ta'sir ko'rsatgan.

    Masalan, mashhur motivlardan — ayol figuralari, xonadon tinchligi va onalik ramzini ifodalaydi, oilani himoya qilish belgisi sifatida bo`rilar siluetlari, «yomon ko'z» tasvirlari va boshqalar. Bugungi kunda kilim asosan oddiy gilam sifatida ishlatiladi, ammo qo'lda to’qilgan qimmatbaho gilamlar devorlarga osiladi.

  3. Bag’lama

    Sozning yetti torli turi bo'lgan yog'ochdan yasalgan musiqiy asbob. Unda an'anaviy musiqa — turk kantriyasi chalinadi.

    Afsonaga ko'ra, inson birinchi sozning torlarini issiq quyosh ostida qurigan, shamolda musiqiy tovushlar chiqara boshlagan qo'chqorning ichaklaridan yaratgan. Baalama eng keng tarqalgan turk musiqa asbobidir. Uning ovozi yunon bazukasi va turkman dutoriga o'xshaydi, biroz qozoq dombrasiga ham o'xshab ketadi.

    Baalama yog'ochdan tayyorlanadi — dastasi gilosdan kesilgan, bosh qismi esa yong'oqdan qilingan, lekin asbobning asosini tayyorlash uchun eng yaxshi xomashyo tut daraxti hisoblanadi. Tanlangan xomashyoning sifati ovozga bevosita ta'sir qiladi.

  4. Bayram

    Bu an'anaviy turk bayramlarning to'plami. Masalan, turklar Ramazon hayitini bir oylik ro'za oxiri va Qurbon hayitini qurbonlik bayrami sifatida nishonlashadi.

    Turk markazi karantin tufayli bu yil Ramazonni keng miqyosda nishonlay olmadi, ammo ular yordamga muhtoj oilalar uchun oziq-ovqat va zarur narsalarni yetkazib beradigan xayriya guruhlarini tashkil etishga muvaffaq bo'lishdi.

    Shuningdek, turk madaniyatini 5-6 may kunlari nishonlanadigan Xidirlez nomli norasmiy bayram ham ifodalaydi. Uning ildizi mifologiyadan kelib chiqqan va bayramning o'zi eski va yangi e'tiqodlarning aralashmasi bo'lib, islom va tengrianizmni birlashtirgan.

    Afsonalarga ko'ra, 5-maydan 6-mayga o'tar kechasi quruqlik va dengizni ifoda etuvch ikkita payg'ambar — Xidir va Ilyos uchrashadilar. Ularning uchrashuvi tufayli bahor keladi va payg'ambarlar o'zlari bilan quvonchli his-tuyg'ularni va yerning barcha aholisi uchun yaxshi yangiliklarni olib kelishadi.

    Qozoqlarning Nauruz bayramini eslatuvchi farovonlik va mo'l-ko'llik bayrami turk jamiyatlari bilan nishonlanadi: ko'chalarga chiqishadi, olomonga yig'ilishadi, qo'shiq kuylashadi va raqsga tushishadi. Yosh yigit-qizlar olov yoqishadi, ayollar esa xamirli mahsulotlarni tayyorlab, «Xidir uchun» ko'chaga olib chiqishadi.

    Xidirlezni nishonlash paytida aholi odatda katta daraxtni tanlab, rang-barang ro`molchalarga istaklarini yozib, tanlagan daraxt shoxlariga bog'laydilar. Istaklarda sevgi, sog'liq, pul — umuman, o'zingiz va yaqinlaringiz uchun xohlagan narsangizni so'rashingiz mumkin.

  5. Mutfak

    Boy turk oshxonasi — mutfak — turli xil mintaqaviy taomlarni — O'rta yer dengizi gazaklari va go'shtli taomlarni birlashtiradi. Bu Osiyo, Kavkaz va Yevropa xalqlarining an'analarini birlashtirgan butun oshpazlik tarixi.

    Turklar meze deb ataladigan yengil gazaklarni yoqtirishadi — bular salat, tuzlangan bodring, pishloq, qo'ziqorin yoki borek deb nomlanuvchi ko'pchilikka yoqadigan dengiz mahsulotlari yoki go'shtlik qovurilgan bo'g'irsoqlar. 

    Turk oshxonasi go'shtli taomlarga boy. Odatiy kabob turi — jazz, mayda to’g'ralgan kabob yoki kichkina ko’fté.

    Yana bir mashhur taomlardan biri — do'lma. Do’lma aralashgan go'sht va guruch uzum yoki karam bargiga o'rab tayyorlanadigan taom. Turklar ko'pincha dengiz mahsulotlari va sabzavotli taomlarni ham iste'mol qilishadi — masalan, birgina baqlajondan ular bir biriga o'xshamaydigan taomlarni tayyorlay oladilar.


Material Nur-Sulton turk etnomadaniy markazi raisi Asket Piriyev tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan.

Ushbu nashrning mazmuni muallifga tegishli bo'lib, Yevropa Ittifoqining nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

Еще много интересного

Статьи STEPPE

«По мелям Каспия — Зов тюленей»: Фильм об исследованиях каспийских тюленей

«По мелям Каспия — Зов тюленей»: Фильм об исследованиях каспийских тюленей

30 октября Институт гидробиологии и экологии анонсировал выход фильма «По мелям Каспия - Зов тюленей», который рассказывает о...

5 минут
5 минут
Онлайн-курсы — очередной обман или пора присоединяться?
Партнерский

Онлайн-курсы — очередной обман или пора присоединяться?

Про онлайн-курсы в Казахстане сегодня говорят много и с разных сторон. Есть факт: рынок постепенно, но уверенно растет...

7 минут
7 минут
Как прошел осенний шоукейс резиденции BATYR LAB empowered by Visa с Иваном Дорном в Алматы

Как прошел осенний шоукейс резиденции BATYR LAB empowered by Visa с Иваном Дорном в Алматы

Общественный фонд имени Батырхана Шукенова при поддержке лидера индустрии цифровых платежей Visa и бренда Tic Tac организовал...

2 минуты
2 минуты
Чем отличаются регионы Казахстана

Чем отличаются регионы Казахстана

Вы когда-нибудь замечали, как сильно отличаются разные уголки одной страны? Взять к примеру, Казахстан, разделенный на 17...

23 минуты
23 минуты