Bilishimiz kerak bo`lgan 5 uyg`ur urf-odatlari

3 минуты STEPPE
Bilishimiz kerak bo`lgan 5 uyg`ur urf-odatlari

RUS|KAZ

Qozog’iston mehmondo’st va ko’p millatli mamlakat hisoblanadi, ammo biz bilan yonma-yon yashaydigan xalqlarning madaniyati haqida ko’p narsa bilmaymiz.

Pandemiya ularning an’anaviy qadriyatlarini butunlay o’zgartirib yubormasidan, Yevropa Ittifoqi ko`magida hamyurtlarimiz — kazaklar, o’zbeklar, koreyslar, uyg’urlar va turklar urf-odatlari haqida so’zlab berishga qaror qildik.


Uyg’urlar birinchi marta 1860-1880 yillarda Xitoyda milliy qo’zg’olon bostirilgandan so’ng Qozog’iston hududiga kelishni boshladilar. Bugungi kunda ular, asosan Olmaota viloyatida yashab, mamlakatdagi eng keng tarqalgan millatlarning beshtaligiga kiradilar.

Bu yil pandemiya uyg’ur xalqining odatiy hayotiga katta o’zgarishlar kiritdi. Ommaviy bayramlar kichik oilaviy marosimlarga aylandi, etnomadaniy tashkilotlar esa masofaviy ish formatiga o’tdilar.

«Uyg’ur Ovozi» respublika ijtimoiy-siyosiy gazetasida ham shunday bo’ldi. Bosh muharrir Yershat Asmatovning so’zlariga ko’ra, hozirda ishlash qiyinroq, ammo xodimlar jamoat hayotidan xabardor bo’lishga harakat qilmoqdalar va Qozog’iston Xalqlari Assambleyasining onlayn-tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Karantin paytida tahririyat mamlakatda pandemiya haqida ko’proq yangiliklarni yorita boshladi, Olmaotaning turli tumanlaridan kelgan muxbirlar esa nazorat punktlaridan reportajlar tayyorlab, ularni gazetaning har bir sonida yoritdilar.

  1. Jut

    Uyg’urlar qayerda yashashlaridan qat’i nazar, mahalliy jut jamiyatini tashkil qiladilar, ular «mahalla» deb ham nomlanadi. Har bir jamiyatga rahbar — sardor tayinlanadi. U jamiyatdagi barcha tadbirlarning, shu jumladan to’ylar, xotira va hokazo marosimlarning asosiy tashkilotchisi hisoblanadi.


    Bu rahbar «jigit-beshi» — jigitlarning rahbari deb nomlanadi. Notiqlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan eng obro’li shaxs bu lavozimga tayinlanadi.


    Qozog’istonda ushbu jamoatchilik asosidagi lavozim ma’lum bir ierarxik tuzilishga ega: Jigit-beshini Qozog’iston Uyg’urlari Respublika Etnomadaniyat Markazining tarkibiga kiradigan Jigit-beshi Kengashi saylaydi.

  2. Mashrab

    Bu an’anaviy jamiyatda har oyda bir marta o’rim-yig’imdan so’ng tashkil etiladigan o’yin-kulgidan iborat yig’ilishlar. Mashrablar jamiyatda kommunikativ, ma’rifiy, tarbiyaviy vazifani ham bajaradilar.


    Xalqda «avval o’g’lingizni maktabga, keyin mashrabga bering» degan gap bo’lgan. Urf-odat va an’analarni bilmagan odamni «mashrab ko’rmagan odam» deyishgan.


    Erkaklar yig’ilishlari odamlarni turli xil xususiyatlarga ko’ra birlashtiradi: ularni tengdoshlar, qarindoshlar, hamkasblar, qo’shnilar yaratishi mumkin. Ular uch bosqichdan iborat bo`ladi:


    — Birinchi bosqichda qo’shiqlar ijro etiladi, hazillar aytiladi, fikrlar bellashuvi bo`ladi;


    — Ikkinchisi teatr bilan bog’liq bo’lib, «dava dastur» deb nomlanadi, ya’ni «da’vo qilish» deb tarjima qilinadi;


    — Mashrabning so’nggi bosqichida erkin suhbat, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o`tkaziladi. Qadimda badiiy va she’riy kitoblar, muqaddas musulmonlarning hayoti haqida o’qilgan.

  3. Do’ppi

    Ko’plab xalqlarda bunday bosh kiyimi bor, ammo uyg’urlarning do`ppisi boshqa xalqlarnikidan farq qiladi. Qora fonda bodomning uslublashtirilgan oq tasviri to’qilgan erkaklar badam do’ppisi, o’zbek va tojik do’ppilariga o’xshaydi.


    Do’ppining 50 ga yaqin turi mavjud. Boshqa uyg’ur erkak do’ppilari yorqin, rangli naqshlar bilan, yashash joyiga qarab farq qiladi. Qadimda do‘ppi kundalik hayotda kiyilgan bo‘lsa, hozirda marosim kunlarida kiyiladi.

  4. Uyg`urcha lag`mon

    Go’sht va sabzavotli qayla bilan qo’lda cho’zilgan uyg’urcha xamirli ovqat. Bu taom xitoyliklardan kelib chiqishi haqida fikr bor, ammo xitoycha xamir boshqacha tayyorlanadi. Uyg’ur lag’moni boshqa turli xil xalqlarning taomlari xamirlaridan farq qiladi.


    Uyg’urlar Markaziy Osiyoda mohir oshpazlar sifatida tanilgan va lag’mon milliy taomlar orasida sharafli o’rinni egallagan. Lag’mon turlarining xilma-xilligi va u bilan bog’liq e’tiqodlari mavjud.


    Masalan, olamdan o’tgan kishining oila a’zolari lag’monni 40 kungacha tayyorlamasliklari kerak, chunki bu holda narigi dunyoga yo’l juda uzayadi deb hisoblanadi. Ammo, ular boshqa odamlar tomonidan tayyorlangan lag’monni o’z uylaridan tashqarida yeyishlari mumkin.

  5. Atkenchoy

    Bu sut va tuzli choy. Uni tayyorlash uchun faqat juda achchiq qora choy ishlatiladi. Sut qaymoq bilan bo’lishi kerak. Shu kabi choy mo’g’ullar va turkiyzabon tuviniyaliklar va kumiklarda ham mavjud. Mo’g’ullarda sutli choy deyarli sho’rva hisoblanadi, chunki unga quritilgan go’sht va yog’ qo’shiladi.


    Qadimda uyg’urlar atkanchoyga quritilgan qo’y yormalari va yog’ini qo’shishgan: tandir noni bilan birga bunday choyni ichib, uyg’ur dehqoni bemalol dalaga ishlashga ketishi mumkin edi. Hali ham choy tandir noni bilan tortiladi.


    Atkenchoy — «choy» deb nomlangan ayollar yig’ilishlarining o’zgarmas atributi.


Material «Uyg’ur Ovozi» ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri — Yershat Asmatov, Qozog’iston Xalqlari Assambleyasi a’zosi va tarix fanlari doktori, professor Ablet Kamalov —  bilan kelishilgan va tasdiqlangan.

Ushbu nashrning mazmuni muallifga tegishli bo’lib, Yevropa Ittifoqining nuqtai nazarini aks ettirmaydi

Еще много интересного

Статьи STEPPE

Жизнь не будет прежней: почему работа «с 9 до 6» может исчезнуть?

Жизнь не будет прежней: почему работа «с 9 до 6» может исчезнуть?

Мир постоянно меняется, и привычная работа «с 9 до 6» уже не кажется единственно верной. Все больше людей выражают желание...

4 минуты
4 минуты
В каких сферах зарабатывать в Казахстане: самые прибыльные ниши страны

В каких сферах зарабатывать в Казахстане: самые прибыльные ниши страны

Казахстан, обладающий уникальным географическим положением, богатыми природными ресурсами и растущим интересом к инновациям,...

2 минуты
2 минуты
Традиционные казахские украшения: что носили девушки в XIX-XX веках

Традиционные казахские украшения: что носили девушки в XIX-XX веках

В государственном музее искусств имени Абылхана Кастеева открылась выставка Qobdisha коллекционера ювелирных изделий,...

4 минуты
4 минуты
Романтизация серийных убийц: истории преступлений 7 маньяков

Романтизация серийных убийц: истории преступлений 7 маньяков

Романтизация — процесс идеализации чего-либо, представление в более привлекательном, возвышенном или героическом свете, чем...

7 минут
7 минут