«По мелям Каспия — Зов тюленей»: Фильм об исследованиях каспийских тюленей
30 октября Институт гидробиологии и экологии анонсировал выход фильма «По мелям Каспия - Зов тюленей», который рассказывает о...
Qozog’iston mehmondo’st va ko’p millatli mamlakat hisoblanadi, ammo biz bilan yonma-yon yashaydigan xalqlarning madaniyati haqida ko’p narsa bilmaymiz.
Pandemiya ularning an’anaviy qadriyatlarini butunlay o’zgartirib yubormasidan, Yevropa Ittifoqi ko`magida hamyurtlarimiz — kazaklar, o’zbeklar, koreyslar, uyg’urlar va turklar urf-odatlari haqida so’zlab berishga qaror qildik.
Koreyslar — Uzoq Sharqdan Markaziy Osiyoga majburiy deportatsiya natijasida paydo bo’lgan Qozog’istondagi birinchi etnik diaspora.
Bu 83 yil oldin — 1937 yilda SSRI Xalq Komissarlari Kengashining buyrug’i bilan sodir bo’lgan.
Natijada koreys madaniyati yangi hududda bir qator iqtisodiy va tarixiy o’zgarishlarni boshdan kechirdi, ammo dengiz va quruqlik an’analarini birlashtirganligi sababli noyob bo’lib qoldi.
Koreyaliklar to’ylarini ikki shaklda — g’arbiy va an’anaviy ravishda nishonlaydilar. An’anaviy to’ylar bog’larda, daraxtlar, suv havzalari va bayramona milliy xanbok libosini kiygan mehmonlar orasida o’tkaziladi.
Bog’ning markazida baland to’y stoli turadi — teresan, uning ikki tomonida esa kelin va kuyov o’tiradi. Kuyov sharq tomonda «yan», kelin esa — g’arbda — «in» ramzini ifodalab o’tirishi kerak.
To’y dasturxonining an’anaviy atributlari — yuyuba mevasi, kashtan va tovuq. Ularning barchasi yaxshi tilaklarni — uzoq umr, baxt va hosildorlikni anglatadi. To’y marosimida ko’k va qizil shamchalar alohida o’ringa ega. Kuyov va kelinning onalari zalga kirib, ularni «yan» va «in» ramzlari sifatida yoqishadi.
To’y ikki bosqichdan iborat bo’ladi: birinchisi yelpig’ichni ochish va ziyofatboshi — «chimne» — «Hen chxinyonne!» («Marosim boshlandi!») deb baqirishidan boshlanadi.
Ikkinchi bosqichida esa «kyobere» — kuyov va kelin bir biriga tazim qilish marosimi bo`lib o`tadi. Shundan so’ng marosimning asosiy qismi — «hapkil-le» boshlanadi. Kelin va kuyov uch piyola spirtli ichimlik ichishadi.
Birinchisi osmon va yerga qasamyodni anglatadi, ikkinchisi — turmush o’rtoqlarning nikoh va’dasi, uchinchisi — umrbod sevish, qadrlash va hamjihatlikda yashashga qat’iy va’da. Uchinchi piyola sifatida o’rtasidan bo’lingan oshqovoqning ikki qismi ishlatiladi. Kelin va kuyov piyolalarni almashib, ichidagini ichishadi va keyin yana birlashtirishadi.
«Tol, yoki toljanchhi» — koreyslarning tug’ilgan kun nishonlashda eng muhim an’analardan biri. Bolaga maxsus hanbok va bosh kiyim kiydiriladi: qizlarga — chobavi, o`g`il bolalarga — pokkon yoki xogon.
Bu marosim qozoqlarning «Tusau kesu» marosimiga o’xshaydi. Koreyslar bolani stolning o’rtasiga o’tqizib, uning atrofida oziq-ovqat va turli xil narsalarni qo’yadilar: arqon, kitob, mo`yqalam, siyoh va pul. Bolaning tanlovi uning kelajagini anglatadi.
Masalan, kitob va mo’yqalam olimlikni, pul va guruch — boylikni, boshqa ovqat — mansabni, qilich yoki kamon — harbiylikni, arqon esa — uzoq umrni anglatadi.
Oila a’zolari bu kuni o’sayotgan bolani himoya qiladigan «samsin» xudolariga minnatdorchilik bildiradilar. Xudolarga taom taqdim etiladi: guruch, miyok suv o’tlaridan sho’rva va guruchli bo’g’irsoq — ttok. Miyok sho’rva har keyingi tug’ilgan kunda onaning tug’ruq paytida qiynalganini eslatib turish uchun tortiladi.
«Xansik» — norasmiy «ota-onalar kuni». U yiliga uch marta nishonlanadi. Erta tongdan marhumning qarindoshlari qabristonga kelishadi: o’tlarni yulib, qabrni tozalab va yangilab, daraxtlar va gullar ekishadi. Ovqat olib kelinadi va «desa» xotirlash marosimi o`tkaziladi.
Qabr ustiga ovqat qo’yish — bu marhum oila a’zolarini hurmat qilish uchun qurbonlik hisoblanadi.
Avval, yer ruhiga — qabr egasiga qurbonlik qilinadi. Yoshi katta qarindoshlardan biri qadahga aroq quyib, qabr yoniga uch marta to’kadi. Keyin qabrga uch marta ta’zim qiladi. Faqat shu marosimdan keyin qabrni tartibga solib, daraxtlar va gullar ekishni boshlash mumkin bo’ladi.
Agar Koreyada jasad yoqib yuboriladigan bo’lsa, Qozog’istonda koreyslar marhumni pravoslav an’analariga ko’ra uchinchi kuni dafn etishadi.
Sollal — oy taqvimining birinchi kuni. Yangi yil uch kun nishonlanadi: Yangi yil arafasi, Yangi yil kuni va ertangi kun. Yangi yilda koreyslar birinchi bo’lib quyosh nurlarini ko’rish uchun ota-onalari bilan mamlakat sharqiga sayohat qilishadi. Bu kuni vafot etgan ajdodlar ham yodga olinadi.
Yangi yil tongida guruchli non va qayladan tayyorlangan sho’rva — ttokkukni iste’mol qilish an’ana bo’lib qolgan. Kim birinchi bo’lib ttokkukni yeb bo’lsa, u bir yoshga ulg’aygan hisoblanadi. Ba’zida koreyslar sizning yoshingizni «Siz nechta kosa ttokkuk yegansiz?» iborasi bilan so’rashi mumkin.
Bu kuni bolalar ota-onalarini tabriklaydilar. Ular yerga bosh egib, tilaklar aytadilar. Ota-onalar esa ularga pul berib, Yangi yilga kichik nutq-ko’rsatma berishadi — toktam.
Bayram paytida oilalar Yunnori kabi o’yinlarni o’ynashadi. Bu stol o’yini bo’lib, unda asosiy vazifa toshni marraga birinchi bo’lib yetkazishdir. O’yin toshlari o’rniga, iyerogliflar bilan bo’yalgan tayoqlardan foydalaniladi. Qadimda bu tayoqlar yovuz ruhlarni haydash uchun ustiga iyerogliflar o’yilgan yoki bo’yalgan bo’lib, ular tumor sifatida xizmat qilishgan.
«Chxusok» — bu 8-qamariy oyning 15-kunida nishonlanadigan hosil bayrami. Bu yil u 1 oktyabrdan boshlanib, Keksalar kuniga to’g’ri keldi.
Bu bayramda dasturxonda albatta sonpxyon — guruchli pirog bo’lishi kerak. Uni qarag’ay ignalari sepilgan taxtada aralashtirishadi. Sonpxyonni tayyorlashda barcha oila a’zolari xanbok kiyib ishtirok etishi kerad deb hisoblanadi. Ular birgalikda marhumlarni xotirlash marosimini o’tkazadilar. Chxusok bayramida shuningdek, kulgili niqoblarda raqsga tushish odat bo`lib qolgan.
Koronavirus pandemiyasi sababli bu yil ommaviy tadbirlar bekor qilindi. «Chonson» Koreya markazi Chxusok bayramida xayriya tadbirlarini o’tkazishga qaror qildi: Koreyaning Bosh konsulligi Qozog’istondagi etno markazlarga 100 koreys niqobini topshirdi.
Oqmola viloyatidagi markaz xodimlari esa qariyalarga tibbiy niqob, antiseptik vositalari va qo’lqoplardan iborat xayriya savatlarini tarqatishdi. Bundan tashqari, oktyabr oyining so’nggi haftasida ular Shuchinsk va Kokshetovdagi ko’p bolali katta oilalarni va kam ta’minlangan oilalarni oziq-ovqat savatlari bilan ta’minlashga muvaffaq bo’lishdi.
Material Koreyaning «Chonson» etnik-madaniy birlashmasi raisasi Lyudmila Lim tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu nashrning mazmuni muallifga tegishli bo’lib, Yevropa Ittifoqining nuqtai nazarini aks ettirmaydi
Получай актуальные подборки новостей, узнавай о самом интересном в Steppe (без спама, обещаем 😉)
(без спама, обещаем 😉)