Как прошел осенний шоукейс резиденции BATYR LAB empowered by Visa с Иваном Дорном в Алматы
Общественный фонд имени Батырхана Шукенова при поддержке лидера индустрии цифровых платежей Visa и бренда Tic Tac организовал...
Qozog’iston mehmondo’st va ko’p millatli mamlakat hisoblanadi, ammo biz bilan yonma-yon yashaydigan xalqlarning madaniyati haqida ko’p narsa bilmaymiz.
Pandemiya ularning an’anaviy qadriyatlarini butunlay o’zgartirib yubormasidan, Yevropa Ittifoqi ko`magida hamyurtlarimiz — kazaklar, o’zbeklar, koreyslar, uyg’urlar va turklar urf-odatlari haqida so’zlab berishga qaror qildik.
O`zbeklar — Qozog’istondagi eng katta avtoxtonik etnik guruhlardan biri bo’lib, asosan O`zbekiston bilan chegaradosh hududlarda yashaydilar.
Bu xalqning zamonaviy etnogenezi nafaqat turkiy, balki eroniyzabon qabilalardan ham shakllangan. Vaqt o’tgan sayin o’zbek madaniyati butparastlik va musulmonlik an’analarini birlashtirdi va shu tufayli ham Navro’z, ham Qurbon hayiti keng nishonlanadi.
Ammo, bu yil katta marosimlarni nishonlash bekor qilindi, shuning uchun Qozog’istondagi o’zbek etnomadaniy markazi karantinni yangi tashabbuslar bilan kutib oldi: xayriya dasturlari, onlayn tanlovlar va faol ko’ngillilik bilan.
Hozirda o’zbek etnomadaniyat markazi har yili o’tkaziladigan an’anaviy «Ofarin» festivaliga tayyorgarlik ko’rmoqda. Maqom vokal va instrumental musiqasini ijro etadigan yosh artistlar yangi voqelikka moslashib, onlayn chiqishlarini hakamlar hay’atiga yuborishadi.
O’zini o’zi boshqaradigan hududiy bo’linma shunday deb ataladi va u hududni obod qiladi, maishiy masalalarni hal qiladi, bayramlar, esda qolarli tadbirlar tashkillashtiradi, yoki yangiliklarni muhokama qiladi.
Mahallaning asosiy maqsadi — yaqindagilarga yordam berish, xoh u muhim tadbirni o’tkazish bo’lsin, xoh uyni ta’mirlash.
Ilgari mahalla hududi muazzinning ovozi bilan aniqlangan — namozga chaqiruvchining ovozi eshitilgan uylar bitta mahalla hisoblangan. Har bir mahallada nafaqat o’zining oqsoqoli, balki choyxonasi ham bor bo’lgan, u yerda asosan erkaklar yig’ilib, ovqat pishirib, o’zaro suhbatlashishgan.
Hozir esa, mahalla zamonaviy ko’p qavatli binolarga ko’chib o’tgan fuqarolik instituti.
An’anaviy o’zbek libosi bir nechta elementdan iborat: chopon, qiyiqchi-belbog’, yaktak, ishton, erkaklar do’ppisi, xon-atlas ko’ylak va ayollar lozimi.
Ko’pincha, milliy libos elementlari «paxta» bilan bezatilgan bo’ladi. Ushbu element nafaqat milliy ishlab chiqarishning ramzi, balki «oq oltin» ham hisoblanadi.
Paxta Markaziy Osiyoga qadimgi davrlarda keng va qizg`in savdo tufayli kirib kelgan — g’arbdan janubi-g’arbiy Osiyo va Xitoyga o’tgan karvon yo’llari orqali. O’rta Osiyoga aynan shu tarzda boshqa mamlakatlardan paxta urug’lari kirib kelgan.
O’shandan beri paxta o’zbek amaliy san’atining barcha turlarida mavjud, xoh o’ymakor eshikar bo’lsin, xoh qo’lda yasalgan suzana gilam to’qish yoki keramika buyumlarini bo’yash. Shu bilan birga, o’zbek bezaklari ramzlarga to’la: anor boylik va unumdorlikni anglatadi, bodom — omadni, pichoqlar — yovuz kuchlardan saqlaydi, qalampir esa hayotiy quvvat bilan ta’minlaydi va yomon ko’zlardan asraydi.
Palov yoki osh — ehtimol, hamma tanish bo’lgan o’zbek oshxonasining o’ziga xos xususiyati. Palov uzoq o’tmishda ildiz otganligi sababli, uni birinchi marta qachon va qanday pishirilganligini aniqlash imkoni yo`q. Ammo, bu borada bir nechta afsonalar mavjud.
Ulardan biri — fors olimi, tibbiyotshunos Abu Ali ibn Sino — Avitsenna haqida: u qovurilgan dumba yog`i va piyoz, yangi go`sht, shirin sabzi, ivitilgan guruch va xushbo`y ziradan to`yimli va shifobaxsh taom tayyorlagan. Bu an’anaviy taom haqidagi boshqa bir afsona yosh qo’mondon Iskandar Zulqaynar bilan bog’liq. Rivoyatlarga ko’ra, u Samarqandga qo’mondon bo’lib keladi, ammo bu yerdagi bir qizni sevib qoladi va to’y qiladi, marosim taomi esa mazali palov bo’lgan.
Vaqt o’tishi bilan palov o’zbek jamiyatida o’zining muhim o’rnini yo’qotmadi. U hama marosimlarda tayyorlanadi: oilaviy bayramlarda, to’ylarda, marakalarda.
Qozog’istonliklar palovni tushlik paytida yoki kechgi ovqatga yeyishga odatlangan bo’lsa, o’zbeklar tong saharda ham namoz o’qilishi bilan uni yeydilar. Taomni faqat erkaklar tayyorlaydi va uni ko`k choy bilan iste`mol qilishadi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning har bir viloyati palovni o’ziga xos pishirish usuli bilan mashhur: farg`onacha palov noyob guruch navi — devziradan tayyorlanadi, samarqandcha esa aralashtirilmasdan, toshkentcha palovga ko`pincha noxot va mayiz solinadi, buxorocha esa qaynatilgan sho’rva va go’sht bilan mis qozonda tayyorlanadi.
O’zbek etnosining to’qimachilik tarixi qadimgi Marg’ilondan boshlanadi. Qirol ipagi haqidagi afsonada aytilishicha, bir paytlar Marg’ilon hukmdorlaridan biri kambag’al to’quvchining qizini sevib qolib, uni beshinchi xotin qilishga qaror qilgan.
Qizning otasi xonning oyog’iga yiqilib, yosh qizini qo’yib yuborishini so’radi. Hukmdor faqat bir shart bilan rozi bo’ldi: ertalabgacha to’quvchi qizining chiroyidanda betakror go’zallikka ega bo’lgan narsa yaratishi kerak edi.
Xafa bo’lgan chol ariq qirg’og’iga borib, u yerda uzoq vaqt o’ylanib, yomg’ir tomchilari uning ko’z yoshlari bilan qanday aralashganiga e’tibor bermadi. Birdaniga yomg’ir to’xtab, osmonda bulutlar paydo bo’ldi va chol ularni suvning aksida ko’rdi. Kamalakning barcha ranglari bulutlarda mujassam bo’ldi. Va shu payt u: «Oh, osmon, g’oya uchun tashakkur!» deb xitob qildi. Ustaxonasiga borib, u tun bo’yi ishladi, ertalab esa u xonga kamalakning barcha ranglari mujassam, bulut kabi havodor va havo kabi yengil misli ko’rilmagan matoni taqdim etdi.
Hukmdor matoning go’zalligidan shunchalik hayratda qolib, qizni qo’yib yuborishga rozi bo’ldi. Betakror go’zal matoni xon ipagi — xon-atlas deb atadilar. Ko’p asrlar davomida bu mato o’zining faxrli nomi bilan atalib kelmoqda.
Shohona ipak unga qaragan har bir kishini go’zalligi bilan lol qoldiradi, uni kiygan kishini yumshoqlik va salqinlik bilan o’rab oladi.
Kamalak ipak matosi o’zbek madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Marg’ilon ipagi Sharq va G’arbda o’ziga xos naqsh bilan mashhur. U Buyuk Ipak yo’li davrida qimmatbaho tovar bo’lib, Xuroson, Misr, Bag’dod, Yunoniston va boshqa mamlakatlarga olib chiqilgan. Xon-atlasni sovg’a sifatida berishgan, meros qoldirishgan va hatto savdo-sotiq paytida u bilan to’lashgan.
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari, o’zbeklar ham tengkunlik kuni — Navruzni nishonlaydilar. Bu paytda Qozog’istonda navro`z koje tayyorlansa, o`zbeklarning an`anaviy taomi sumalak hisoblanadi.
Bu bayramona taom un qo’shilgan paxta yog’ida qaynatilgan unib chiqqan va maydalangan bugdoy donalari sharbatidan tayyorlanadi. Sumalak tagiga olmasligi uchun esa qozon tagiga bir nechta tosh va yong’oq tashlanadi. Uni tayyorlash — quvvat talab qiluvchi jarayon, 20-24 soat davom etadi.
Qolaversa, sumalakni doimo aralashtirib turib, shu bilan salbiy fikrlardan xalos bo’lish kerak. Tayyorgarlik, raqslar, kuylar va umumiy o’yin-kulgilar bilan birga bo’lishi kerak, chunki u bir oila emas, balki butun mahalla tayyorlaydi. Nihollangan donalar yopishqoq va shirin atalaga aylanganda, u sovitiladi, keyin esa piolalarga quyilib qo’shnilarga ulashiladi.
Bu safar an’anaviy Navro’z bayramini karantinga moslashtishga to’g’ri keldi. Shu sababli, markaz 400 kg guruchdan palov tayyorladi va 500 ta kam ta’minlangan oilalarga yetkazib berdi. Bir oydan so’ng esa, aprel oyida markaz xodimlari va ko’ngillilari Maqtaaral aholisiga yordam berish uchun qurilish, maishiy va sanitariya jihozlari bilan ikkita yuk mashinasini tayyorladilar.
Qurbon hayiti arafasida etnomadaniy uyushma qoshidagi tadbirkorlar jamiyati, har doimgidek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga go’sht ehson qildi.
Material Shimkent o`zbek etnomadaniy uyushmasi raisi o`rinbosari Nurnisa Dosmetova tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan.
Ushbu nashrning mazmuni muallifga tegishli bo’lib, Yevropa Ittifoqining nuqtai nazarini aks ettirmaydi.
Получай актуальные подборки новостей, узнавай о самом интересном в Steppe (без спама, обещаем 😉)
(без спама, обещаем 😉)