Bilishimiz kerak bo'lgan 5 kazak urf-odatlari

5 минут STEPPE
Bilishimiz kerak bo'lgan 5 kazak urf-odatlari

RUS|KAZ

Qozog’iston mehmondo’st va ko’p millatli mamlakat hisoblanadi, ammo biz bilan yonma-yon yashaydigan xalqlarning madaniyati haqida ko’p narsa bilmaymiz. 

Pandemiya ularning an’anaviy qadriyatlarini butunlay o’zgartirib yubormasidan, Yevropa Ittifoqi ko`magida hamyurtlarimiz — kazaklar, o’zbeklar, koreyslar, uyg’urlar va turklar urf-odatlari haqida so’zlab berishga qaror qildik.


Kazaklar Qozog’istonda ilk bor XVI asrda paydo bo’lishdi. O’sha paytda rus kazaklari Ural, Orenburg, Sibir va Semirechensk kazak askarlaridan iborat bo’lgan. 

Bu qo’shinlar mahalliy aholi bilan nafaqat tinchlik munosabatlarini rivojlantirganlar, balki turli holatlarda to’qnashuvlar ham ro’y bergan, ammo bu kazaklar jamiyatining o’sishiga to’sqinlik qilmagan. Masalan, XX asrning boshlarida Ural kazaklari soni 123 ming nafardan ortiq bo’lgan.

«Qozoqlar» va «kazaklar» etnonimlari deyarli bir xil eshitiladi va bu xalqlar o’zaro aloqada bo’lib, tajriba almashishganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda kazaklar madaniyati MDH mamlakatlarida tadbirlar tashkil etadigan, o’z gazetalarini nashr etadigan va urf-odatlarga rioya qiladigan zamonaviy ijodiy uyushmalar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

  1. Otga mindirish

    Farzandni, ayniqsa o’g’il bolani tarbiyalash kazak xalqining urf-odatlarining muhim qismidir. Bolaligidanoq o’g’il bolaga ot minishni o’rgatishgan, agar u yiqilmasa, demak, haqiqiy kazak bo’lipti, deb hisoblashgan. 4 yoshidan


    boshlab bolani otga mindirishgan, bola 7-8 yoshigacha uyda — ayollar bilan yashagan va uni erkaklar oldiga qo`yishmagan.


    Otga minish marosimidan so’ng bola shim kiyishi mumkin edi. Shuningdek, u uyda erkaklar tomoniga utish huquqiga ega bo’ladi. Oldinlari, bolaga 7 yoshidan otishni o’rgatishgan, qilich bilan chopishni esa 10 yoshidan. Uni tarbiyalashda qiz bolaga qaraganda qattiqqo’lroq bo’lishgan: 5 yoshidan boshlab u dalada ishlagan va mol boqqan, shuningdek savodxonlik, arifmetika va tillarni o’rgangan.


    Har bir kazakning bolaning fe’l-atvorini tarbiyalashda va shakllantirishda yordam bergan cho’qintirgan otasi yoki cho’qintirgan onasi bo’lgan. Bola cho`qintirilganidanoq ular uning tarbiyasi bilan shug`ullanishlari mumkin bo`lgan. Ruslarda «tish uchun» kumush qoshiq berilsa, kazaklarda qilich berilgan.


  2. Sovchilik


    Kazaklar to’yi — bu inson tug’ilgandan keyingi hayotidagi asosiy voqealardan biri. Agar bolaning tug’ilishida marosimlar, qo’shiqlar, raqslar va keng ziyofat uyushtirilgan bo’lsa, kazaklarning to’yi esa — bu o’ziga xos urf-odat bo’lib, uni nishonlash bir necha kun davom etgan.


    Barchani non-tuz bilan kutib olishgan. Oldinlari kazaklar erta turmush qurishgan — 17-19 yoshlarida. Kazak uchun uning rafiqasi munosib oilada o’sgan bo’lishi, ovqat pishirishni va uy xo’jaliklarini boshqarishni bilishi muhim bo’lgan. Ota-onalar kelin qidirib yurib, o’g’illariga o’zlariga yoqqan qizga uylanishni maslahat berar edilar.


    To`y marosimlari: kelin-ko`rdi, sovchilik, ichkilik, o`tirish va to`y. To’yga qa’lin pulini berish va nikohdan o’tish kiradi. Ilgari kazaklar to’ylarni yig’im-terimidan, Muqaddas kundan (14 oktyabr) yoki Rojdestvodan keyin o’tkazar edilar.


    Sovchilik payti qo’shiqlar va raqslar bilan maxsus qalin puli to’lash jarayoni bo’lib o’tar edi. Kuyov jo`ra sovg`a bermasa: «Kuyov jo’rada pul yo’q — boshida junli qalpoq; halta kiyib olgan, mix bilan bog’langan» degan qo`shiq aytilar edi. Shunday qilib, kuyov jo’raning qizg’anchiqligi masxara qilingan.



  3. Rojdestvo


    Kazak taomlari ukrain va ruslarnikiga o’xshaydi. Masalan, o’sha galushki, vareniki, chuchvara va hatto ukrain borshini «kazakcha» deb atash mumkin.    Rojdestvo uchun maxsus piroglar tayyorlanadi, Maslenitsa uchun esa — quymoqlar, Uchbirlik kuni tuxum pishiriladi.


    Rojdestvo — slavyan xalqi hayotidagi eng yorqin madaniy voqea. Bu slavyanlarning eng qiziqarli va quvnoq bayramidir. Bu kunlarda fol ochish, kolyada kuylash va mehmondorchilikka borish mumkin.


    Kazaklar hali ham kolyada kuylashlari (mehmondorchilikka borib, qo’shiqlar kuylab, shirinliklar olish), ibodat qilib, bir-birlariga farovonlik tilashlari va tovuqli pirog bilan siylashlari mumkin. Bu slavyanlarning eng qiziqarli va quvnoq bayramdir.



  4. Maslenitsa


    Maslenitsa yetti kun davomida nishonlanar edi:

    • Dushanba — uchrashuv — bir-birlari bilan tanishish.

    • Seshanba — quvnoq o`yinlar — tepalikdan sirnanish va mehmonga borish.

    • Chorshanba — ziyofat — do`stlar va yaqinlarni quymoq bilan siylash.

    • Payshanba — sayr — yarmarkalar, qo`shiqlar va raqslar.

    • Juma — qaynonalar bazmi — qaynonani uyga taklif qilish yoki borish.

    • Shanba — qayin-opalar bazmi — qizlarning uyda yig`ilishi.

    • Yakshanba — Maslenitsani kuzatish — kechirimlar kuni va qo`g`irchoqni yoqib yuborish.


    Birinchi quymoq yoki muhtojga berilar edi, yoki qabristonga olib borilar edi. «Первый блин комом» maqolasi aynan shundan kelib chiqqan. Maslenitsaning so’nggi kunida kechirim so’ralib, bahor tezroq kelishi uchun qo’g’irchoq yoqilar edi. U bilan birga qayg’u, xafagarchilik va azob-uqubatlar «yondirilar edi». Hozirgi bolalar «Men besh olishni istayman» yoki «Men kompyuter olishni xohlayman» kabi istaklari yozilgan qog’ozlarni yoqishadi.


    Kimdir bunu butparastlik deb hisoblaydi, lekin bu odamlarni birlashtiradigan qiziqarli va ijtimoiy bayramdir. Yondiruvdan so`ng bolalar olov ustidan sakrashni yaxshi ko’rishardi. Hozirgi kazaklar va boshqa slavyanlar bugungi kunda Maslenitsaning barcha marosimlariga rioya qilmagan holda, quymoqlar pishiradilar va bir-birlaridan kechirim so’raydilar.


    Dushanba kuni, Maslenitsadan keyin Buyuk Ro’za boshlanar edi.



  5. Kakkuni dafn qilsih marosimi


    Bu janubiy bahor tadbiri uchun «kakku» marosim qo’g’irchog’i tayyorlangan va u cho`qintirilib, ko’milgan. Ushbu marosim ayollik hislarlati va kakku qushining ramzi bilan bog’liq bo’lib, uni ayniqsa Rossiyada slavyanlar hurmat qilishgan.


    Kakkuning dafn marosimi bahorning yakunini anglatadi. Marosim maydan iyungacha bo’lgan vaqt ichida o’tkaziladi. Marosim ikki bosqichdan iborat — qo`g`irchoqni tayyorlash va ittifoq yaratish, ya’ni, qizlar u bilan birlashar edilar, keyin esa Uchbirlik — ittifoqdan ozod qilish va kakkuni dafn qilish.


    Shundan so’ng, qizlar kuyovga fol ochib, maraka dasturxonida ovqatlanishadi. Marosimda o’g’il bolalarning ishtirok etishi taqiqlangan, lekin ular ko’pincha qizlarning g`ashiga tegish uchun kakkuni o`g`irlab ketishgan.


    Hozirgi vaqtda ushbu sehrli marosim keng doirada o’tkazilmaydi va slavyan xalqining an’analari tarixida qolgan.



    Material kazak markazi, Olmaota shahridagi xalq qo’shiqlari teatri vakili va Qozog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat arbobi Marina Granova tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan.


    Ushbu nashrning mazmuni muallifga tegishli bo’lib, Yevropa Ittifoqining nuqtai nazarini aks ettirmaydi.


Еще много интересного

Статьи STEPPE

5 новогодних подарков, которые понравятся детям (и не только им)
Партнерский

5 новогодних подарков, которые понравятся детям (и не только им)

Помните, как в детстве мы с нетерпением ждали наступления Нового года, а потом спешили к елке, чтобы распаковать подарки? Мы...

3 минуты
3 минуты
Подборка ко Дню независимости: что смотреть, читать и слушать

Подборка ко Дню независимости: что смотреть, читать и слушать

В преддверии Дня независимости собрали подборку, которая поможет погрузиться в культуру и историю страны через книги, фильмы и...

2 минуты
2 минуты
Гид по профессии: кто такие IT-аналитики и чем они занимаются

Гид по профессии: кто такие IT-аналитики и чем они занимаются

Если вы задумывались, как появляются новые цифровые продукты и сервисы и кто за ними стоит, самое время разобраться в том, кто...

3 минуты
3 минуты
The Sims и культурный след: как игра сформировала ценности и мечты поколений

The Sims и культурный след: как игра сформировала ценности и мечты поколений

The Sims, пожалуй, одна из немногих видеоигр, которая не только изменила индустрию, но и стала мощным культурным феноменом,...

8 минут
8 минут